Понедельник, 13.05.2024, 07:34
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | Каталог файлов | Регистрация | Вход
Меню сайта
Категории каталога
Мои файлы [6]
Мини-чат
200
Форма входа
Поиск
Друзья сайта
Мой сайт
Главная » Файлы » Мои файлы

Kristoff Villbold Gluk
[ Скачать с сервера (23.0 Kb) ] 12.02.2008, 03:45

Kristoff  Villbold Gluk

 

(1714 - 1787)

 

 

Yevropa opera sanatining tarixida Gluk islohoti muhim ahamiyatga ega.

         Gluk 1714 yilda Chexiya chegarasidagi Erasbaxda dunyoda keladi. Dastlabki musiqa ma’lumotini u Pragada, ya’ni poytaht shaharda oladi. Bu yerda u cherkov xorida ashula kuylash bilan band bo’ladi. Aynan o’sha davrda mashhur bo’lgan musiqachi B.Chernagorskiy unga polifoniya va kontrapunktdan dars beradi.

         Bo’lajak bastakor 1736 yilda Venaga ko’chib keladi. Gluk Avstriya xalq madaniyati va musiqa san’ati bilan chuqur tanishib chiqadi va astoydil uni o’rganishga, izlanishlar olib borishga qaror qialdi. Bir yildan so’ng u Milanga boradi.

         Italiyada Kristof Gluk turli opera maktablari bilan tanishadi. Aynan shu voqa, ya’ni mashhur italyan operasi bilan tanishishi unga katta dars bo’ladi, va shu bilan birga o’z mahoratini oshirishiga asosiy omil bo’lgan.

         1741 yilda Gluk Italiyada o’zining birinchi “Arfakserks” nomli dastlabki operasini yaratadi. Shundan so’ng, italiyaning turli shaharlarida, turli markazlarida “Demetriya”, “Demfond”, “Poro” nomli xilma hil operalarini yaratishga muvaffaq bo’ladi. Bulardan tashqari, u “Tigrano”, “Fedro” kabi opera asarlarini yozib, ommaga taqdim etadi.

         Villbold Gluk hayotidagi darbadarlik Venada o’z poyoniga yetadi.  Madaniyati  markazlashgan  Vena shahri uning ijodida juda katta va muhim bo’lgan ahamiyatni kasb etadi. Gluk undan keyin Angliya poytahti Londonga ko’chib ketadi. Londonda u o’zining  “Artamena” , “Telemak” , “Tit sharbati” kabi ko’pdan ko’p turli operalarini yaratishga erishadi.

         Hozirgi qahramonimiz Venada bo’lgan davrida opera bilan birgalikda balet janriga ham murojat etadi.  1755 yilda “Xitoy shaxzodasi” ,  1761 yilda “Aleksandr” , va “Don Juan”  baletlarini yaratadi.

         Kristoff Vllbold Gluk umri davomida asosan opera janrida ijod qilgan, shu bilan birgalikda shu sohaga o’zining ulkan hissalarini qo’shgan  ijodkorlardan biri hisoblanadi.

 

            Asarlari ro’yhati:

-         Artakserk

-         Demetriy

-         Demofand

-         Tigrana

-         Telemak

-         Antiyona

-         Qirol podachi

-         Merlin oroli

-         Jodulangan daraxt

-         Axmoq bo’lgan qozi

-         Makkaga hajga borganlar

 

   Islohotli operalari:

-         Orfey

-         Poris va Yelena

-         Armida  va boshqalar

 

   Baletlari:

-         Xitoy shaxzodasi

-         Aleksandr

-         Don Juan

 

Sahna asarlaridan tashqari Glukning simfoniyalari, sonatalari va oodalari ham san’at olamining  turli bo’g’inlarida mashhur bo’lgan va hozirgacha sevib tinglanadigan asarlar qatoridan joy egallagan. Uning ushbu ijodiy ishlari hozirgi yosh klassik musiqa shaydolarining asosiy yo’nalish ko’rsatuvchi qo’llanmalaridan bo’lib hisoblanadi.     

Категория: Мои файлы | Добавил: myway | Автор: Dilshodbek
Просмотров: 1543 | Загрузок: 197 | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Copyright MyCorp © 2024