Суббота, 27.04.2024, 07:03
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | Дневник | Регистрация | Вход
Меню сайта
Мини-чат
200
Форма входа
Календарь
«  Июнь 2009  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Поиск
Друзья сайта
Мой сайт
Главная » 2009 » Июнь » 15 » WINDOWS haqida
WINDOWS haqida
05:26
WINDOWS OPERATSION TIZIMLARI

WINDOWS haqida umumiy tushunchalar
Windowsning  imkoniyatlari .
Windows ning ishlash shartlari
Windows ni chaqirish
Windows ish stoli elementlari.
Windows  menylari, Asosiy meny (Start menu)
Windows ni va uning texnik vositalarini sozlash
Fayllar bilan ishlash
Katalog (papka) lar bilan ishlash
Programmalarni avtomatik ishga tushirish
Video va audio fayllari bilan ishlash.

 WINDOWS haqida umumiy tushunchalar:Windows (Windows oynalar degan ma'noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 95 operatsion tizimi 1995 yil avgust oyida ishlatila boshlangan bo`lsa,  uning ruscha varianti  1995 yilning sentabridan Rossiyada qo`llanila boshlandi.
MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o`ta murakkab dasturlar majmui bo`lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, operatsion tizimdir.
Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi mustaqil bo`lib, kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo`lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Bu qo`llanmada Windowsning 9x lahjasi haqida gap borgani uchun lahja nomeri 9x ni tushirib qoldiramiz.
Windows  mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega:
– o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay;
– u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razradli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
– foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta'minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;
– sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.
Windowsning ba'zi imkoniyatlari quyidagilardir:
Universal grafika – Windows dasturlarning qurilmalarga va dastur ta'minotiga bog`liqsizligini ta'minlaydi.
Yagona interfeys – Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya'ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiydir. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
Mavjud dastur ta'minoti bilan muvofiqligi - Windows MS DOS ning barcha amaliy paketlari, muharrirlari, elektron jadvallari ishini ta'minlaydi.
Ko`p masalaliligi – Windows bir paytning o`zida bir necha hujjat bilan ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga o`tishni ta'minlaydi. Mavjud tezkor xotiradan to`liq foydalanish imkoniyati mavjud. Qurilma resurslaridan ham to`liq foydalaniladi. Windows qurilmalari orasidagi muloqotni dasturlarning o`zi ta'minlaydi
Ma'lumotlar almashinuvi – Windows dasturlararo ma'lumot almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma'lumot almashish buferi), yoki DDE (Dinamic Data Exchange - ma'lumotlarning dinamik almashinuvi, ya'ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), OLE (Object-Linking Emboding - dastur ilovalarida ma'lumotlardan tahrirlangan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.
Dasturlardan foydalanishning oddiyligi tufayli foydalanuvchini o`rgatishga talablar kamaydi va tajribali foydalanuvchilar tizimning yangi imkoniyatlarini tashqi yordamsiz o`zi o`rganishi mumkin. Buning uchun «Pusk»-ishga tushirish knopkasidan, masalalar panelidan, Provodnik (Windows  bo`ylab Boshlovchi), dasturlar ustasi, ma'lumot berishning yangi tizimlari va imkoniyatlaridan foydalaniladi.
Kompyuter tarmoqlarini ishchi holatida saqlab turish, o`rnatish, sozlash Windowsning ichki imkoniyatlarida mavjud bo`lib, u bunday ishlarni tez bajaradi.
Windowsda 32 razradli NetBEUI, IPXPX yoki TPCIP protokollari va NDIS yoki ODI drayverlari o`rnatilgan NetWare yoki Microsoft kompyuter tarmoqlarini qo`llaydigan ichki imkoniyatlar mavjud.
Plug and Play (ula va ishla) texnologiyasi shaxsiy kompyuterlarga yangi qurilmalarni ishlatishdek murakkab jarayonlarni o`rnatadi va sozlaydi. Buning uchun kompyuterda ishlatiladigan qurilma Plug and Play talabiga javob beradigan qurilma bo`lishi talab qilinadi xolos.
Windows  turli kompyuter tarmoqlari uchun juda qulay dastur vositasi bo`lib, o`zida taqsimlangan kompyuter tarmoqlari, elektron pochta, ko`chma kompyuterlar (inglizcha Notebook), multimedia vositalarini qo`llashi va boshqa xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.
Hujjatlarni tahrirlovchi Word muharriri ham Windows tarkibiga kiritilgan.
Bundan tashqari, Windows ilgari MS DOS, Windows tizimlari yordamida ishlatiladigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlaydi.
Windows uzoq masofada joylashgan kompyuter tarmoqlari bilan ishlashni soddalashtiradi.
Windows ning ishlash shartlari
Windows ikki xil ishlash rejimiga ega:
– Standart;
– 386 ga kengaytirilgan.
Rejimning tanlanishi qurilma turiga bog`lik. Windows standart rejimda protsessorning himoyalangan rejimida ishlaydi. 386 ga kengaytirilgan rejimda ishlash uchun 80386 protsessor va 8 Mbayt operativ xotira zarur.
Windowsdan foydalanish uchun quyidagi qurilmalar bo`lishi talab qilinadi:
- Kamida 486 DX protsessorli kompyuter;
- 8 Mb dan kam bo`lmagan tezkor xotira (16 Mb bo`lsa yaxshi);
- 70-90 Mb bo`sh joyli qattiq disk (Windowsning o`zi 6-10 Mbayt joyni egallaydi) va disketani o`qish uchun qurilma (yaxshisi CD ROM);
- Monitor (yaxshisi SVGA);
- Printer;
- Sichqoncha.
Sichqonchaning ishlatilishi
Amallarning ko`pchiligi klaviatura hamda sichqoncha yordamida bajarilishi mumkin. Albatta, har kim o`zi uchun tez va oson bo`lgan usulni tanlab oladi.Windowsda ishlayotganda, asosan sichqonchaning faqat ikkita: chap va o`ng tugmalari ishlatiladi. Ulardan biri asosiy (ishchi) tugma hisoblanadi. Odatda, bu chap tugma bo`ladi, ammo chapaqaylar uchun xuddi shu vazifada o`ng tugmani ham belgilash mumkin (Buning uchun Boshqaruv panelida Sichqoncha dasturidan foydalaniladi).
Ikkinchisi esa yordamchi tugma sifatida ishlatiladi. Uni bosish bilan Kontekst meny chaqiriladi. Ushbu meny ajratilgan element uchun o`sha onda kerak bo`ladigan amallarni bajarishi mumkin.
So`nggi paytlarda uchta: chap, o`rta va o`ng tugmali sichqonchalar keng tarqalmoqda. o`rta tugma mavjud oynani tepa yoki pastga o`tkazish uchun ishlatiladi.
Shuni aytish lozimki, Windows asosan sichqoncha bilan ishlasada, ayni paytda uning ko`p amallari klavishalar yordamida ham ishlay oladi.
Windows ni chaqirish
Windows bilan ishlash uchun, avvalo, u kompyuter xotirasiga chaqirilishi lozim. Windows operatsion tizim bo`lgani uchun ham u kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanadi va ekranda  oyna paydo bo`ladi (qobiq dasturlarda maxsus buyrug`lar yordamida ishga tushiriladi, masalan, Windows 3.1, 3.11 uchun MS DOS ning buyrug`lar satrida Win teriladi va Enter bosiladi).      
Windowsning bu ekrani Ish stoli deb ataladi. Sizning odatdagi ish stolingizdagi hujjatlar, asboblar, yozuv qog`ozlari va shu kabilar joylashganidek kompyuter ekranida ham ishlash uchun kerak bo`lgan ma'lumotlar joylashtiriladi (yuqoridagi rasmga qarang). Ish stoli ko`rinishi foydalanuvchi tomonidan o`zgartirib turilishi mumkin. U foydalanuvchi tomonidan ko`p ishlatiladigan dasturlarni joylashtirish uchun qo`llaniladi. Windows ish stolining elementlar to`plami kompyuterning sozlovchilari bilan bog`liq.
Windowsda ko`plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo`lishi uchun piktogrammalar (yorliqlar) deb ataluvchi mos rasmchalar qo`yiladi. Ularni ko`pincha ikonalar (timsollar) deb ham ataydilar. Ular mos dasturni xotiraga tez chaqirish (yuklash) imkoniyatini beradi. Mualliflar dasturlar uchun ularning mohiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar tayyorlaydilar. hujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o`sha hujjat tuzilgan dasturning belgisi ko`rsatiladi.
Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo`lishi mumkin:
– papkalar (tizimning va foydalanuvchining papkalari);
– hujjat va dastur fayllari;
– qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliqlar.
Odatda ekranda tizim papkalari va ko`p murojaat qilinadigan  obyektlarning yorliqlari  joylashgan bo`ladi.
Tizim papkalari (System Folder)-Windows OS tomonidan tashkil etilgan papkalardir. Tizim papkalariga quyidagilar kiradi:
Moy kompyuter (Mening kompyuterim). Bu papka siz ishlayotgan kompyuterning obrazi bo`lib, uning yordamida kompyuter resurslariga (ya'ni, qattiq hamda yumshoq disklar, CD-ROM, tarmoq disklariga, shu kabilarga) ulanish va kirishingiz mumkin.
 Moy Kompyuterdagi mavjud dasturlar keltirilgan: disk, MS DOS, CD ROM [D:], boshqaruv paneli (Panel upravleniya), printerlar (Printeri), uzoqlashgan tarmoqqa kirish (Udalenniy dostup k seti).
Setevoye okrujeniye (Tarmoq doirasi). Bu dastur mahalliy tarmoq kompyuterlari ro`yxatini ko`rib chiqish va ularning resurslariga kirish uchun ishlatiladi.
Internet Explorer. Internetdagi WEB sahifalarini ko`rib chiqish dasturi. U Windowsning oxirgi namunalariga kiritilgan.
Korzina (Savat). Olib tashlangan (yo`qotilgan) papka va fayllarni vaqtincha saqlovchi joy bo`lib, kerak bo`lganda qayta tiklash imkonini beradi. Bu savatga Windows vositalari bilan olib tashlangan obyektlar joylashtiriladi. Bundan tashqari, faylni yo`qotish uchun sichqoncha yordamida uni savat belgisiga ko`chirib qo`yish mumkin. DOS vositalari bilan (masalan, komandalar satrida yoki Norton Kommanderda) yo`qotilgan fayllarni bu dastur vositalari bilan tiklash mumkin emas. Savatni doimiy ravishda tozalab turish, ya'ni kerakli fayllarnigina saqlash tavsiya etiladi, chunki bu yerga joylashtirilgan fayllar ham xotirada joy egallaydi.
Portfel. Bu dastur ikki kompyuter bilan ish olib borilayotganda fayllarni sinxronlashtirishni (so`nggi namunalarga almashtirishni) ta'minlaydi. Masalan, Siz ishni «uyga» olmoqchi bo`lsangiz Portfeldan foydalanishingiz mumkin.
Vxodyashiye (Kiruvchilar) Bu Windowsning  xabarlar tizimidir. o`rnatilgan (belgilangan) dasturlarga qarab elektron pochtaning u yoki bu turiga ulanishini ta'minlashi mumkin.
Ish stolida Moy kompyuter (Mening kompyuterim) va Korzina (Savat) tizim papkalarining bo`lishi shart.
Windowsning tizim papkalari oddiy papkalardan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
– tizim papkalarini yo`qotish mumkin emas;
– Korzina (Savat) papkasining nomini o`zgartirib bo`lmaydi (lekin kompyuteringizga Norton Utilities komplektini o`rnatgan bo`lsangiz buni bajarish mumkin);
– ba'zi tizim papkalarining kontekst menysida o`ziga xos buyrug`lar mavjud.
Masalalar paneli
Ish stolining oxirgi satri Panel zadach (Masalalar paneli) deb ataladi va unda ishlayotgan masalalar aks ettiriladi (7.3-rasm). Birorta dastur ishga tushirilishi bilan masalalar panelida uning nomi yozilgan tugma paydo bo`ladi. Tugmaning nomi ikki qismdan iborat bo`ladi: dastur nomi va shu dastur yordamida tahrirlanayotgan hujjat nomi. Nom oldida dasturning piktogrammasi aks ettiriladi. Masalalar panelining chap burchagida Pusk tugmasi joylashgan. Bu tugma Windows OS ning bosh menysiga kirishni ta'minlaydi. Agar sichqoncha ko`rsatgichini shu tugma ustiga joylashtirsak, Nachnite rabotu s najatiya etoy knopki (Ishni shu tugmani bosishdan boshlang) degan yozuv paydo bo`ladi. Bundan tashqari, Masalalalr panelida rus, ingliz yoki boshqa alifboni, hamda vaqtni ko`rsatuvchi knopkalar (indikatorlar) mavjud.
Masalalar panelini faollashtirish
Masalalar panelini quyidagi usullar bilan  faollashtirish mumkin:
1) masalalar panelining ixtiyoriy bo`sh joyida sichqoncha tugmasini bitta bosish;
2) Ctrl+Esc tugmalar kombinatsiyasini, ya'ni avval Ctrl va undan so`ng Esc tugmasini bosish;
3) ish stoli faol bo`lgan holda Tab tugmasini bosish.

Umuman bu uchta usul bir-biriga ekvivalent emas. Birinchi usul faqat masalalar panelining fonini faollashtiradi. Oxirgi ikkita usul esa Pusk (Start) tugmasini faollashtiradi. Masalalar panelining foni faollashgan vaqtda quyidagi amallarni bajarish mumkin:
• Shift+F10 tugmalar kombinatsiyasini bosib, masalalar panelining kontekst menysini ochish mumkin;
• tugmalari yordamida masalalar panelida joylashgan dastur tugmalarini ajratish va Enter ni bosib uni ishga tushirish mumkin.
Masalalar panelini ekran chegarasining xohlagan qismiga: tepa yoki pastga, chap yoki o`ngga joylashtirish mumkin. Panelni boshqa bir joyga ko`chirish uchun uni sichqonchaning tugmasi bilan bosib turgan holda ekranning biror chegarasiga siljitamiz. Kerakli chegara bo`ylab to`g`ri to`rtburchakning konturi paydo bo`lganda, sichqonchaning tugmasini qo`yib yuboramiz. Masalalar panelini kengaytirish ham mumkin. Buning uchun panelning tashqi chegarasini sichqoncha bilan ilib olib, uni boshqa joyga ko`chiramiz.
Windows  menylari
Windowsda foydalanuvchilar 4 turdagi meny bilan ishlashi mumkin:
– OS ning asosiy menysi;
– barcha obyektlarning kontekst menylari;
– dastur menylari;
– dastur va hujjat oynalarining, shuningdek, muloqot oynalarining boshqaruvchi menysi.
Meny - bu biror operatsiyani bajarish imkonini beruvchi buyrug`lar majmuidir. Meny bandlari orasida buyrug`lardan tashqari qism menyga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo`lishi mumkin. Bu holda biz iyerarxik yoki ichma-ich joylashgan meny bilan ishlaymiz. Buni dasturlarni ishga tushirish menysi misolida ko`rishimiz mumkin.
Menylar monitor ekranida joylashishiga ko`ra, vertikal va gorizontal menylarga bo`linadi. Dastur oynalarining menysi gorizontal bo`lib, u sarlavha satrining tagida joylashgandir.
Vertikal meny-yuqoridan pastga qarab ochiluvchi menydir. Windowsda vertikal menyning boshqa ko`rinishi, suzib chiquvchi deb nomlangan va pastdan yuqoriga qarab ochiluvchi ko`rinishi ham ishlatilgan. Tizimning asosiy menysi ana shunday menydir. Suzib chiquvchi menyning yana bir turi-kontekst meny deb atalib, u oynaning ixtiyoriy joyida sichqonning o`ng tugmasini bosganda ochiluvchi menydir.
Menylar tizimida ishlatiladigan shartli belgilashlar:
– agar meny bandi davomida uch nuqta (...) berilsa, shu band bajarilganda muloqot oynasi ochiladi;
– agar meny bandi davomida uchburchak () berilsa, shu band bajarilganda qism meny ochiladi;
– agar meny bandi kulrang harflarda yozilgan bo`lsa, menyning shu bandi ayni vaqtda faol emasligini bildiradi;
– agar meny bandi davomida tugma  yoki tugmalar kombinatsiyasi ko`rsatilgan bo`lsa, u holda menyning shu bandini menyga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko`rsatilgan tugmalarni bosib bajarish mumkin. Bu tugmalar akselerator tugmalar (shortcut keys) deyiladi;
– meny bandidagi tagiga chizilgan harf tezkor tugma (hot key) deb nomlanadi. Meny faol vaqtda klaviaturadan shu harfni bosib tegishli buyrug`ni bajarish mumkin;
– agar meny bandi oldida qalin nuqta (*) yoki (3) belgisi bor bo`lsa, muqobil (alternativ) variantlardan birortasi tanlanganligini bildiradi.
Asosiy meny (Start menu)
Pusk (Start) tugmasi bosilganda, ekranda Windowsning ish boshlashi uchun kerak bo`ladigan asosiy menysi ochiladi. Unda dasturni ishga tushirish, hujjatni ochish, tizim parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy ma'lumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin.
Asosiy menyning yuqori qismidagi bo`limidan (rasmdagi Otkrit dokument Microsoft Office, Sozdat dokument Microsoft Office, Yarlik dlya Hypertrm) tashqari barcha bandlari standartdir.
Bu menyning ko`rinishi quyidagicha:
 
Programmi [Programs – Dasturlar];
 Dokumenti [Documents – hujjatlar];
 Nastroyka [Settings – Sozlash];
 Poisk [Find - Qidirish];
 Spravka [Help – Ma'lumot];
 Vipolnit [Run - Bajarmoq];
 Zaversheniye raboti[ Shut down - Ishni tugatmoq].
Menyning Programmi [Programs – Dasturlar] bandi yordamida tizimda o`rnatilgan barcha dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi iyerarxik qism menyga kiriladi. Birorta programmani ishga tushirish uchun sichqon ko`rsatkichini Programmi  punktiga o`rnatiladi. Ochilgan qism menydan dastur nomi tanlanib, sichqon tugmasini 2 marta bosiladi.
Bu menyga xususan quyidagi qism menylar kirgan:
Standarti[Accessories – Standartlar];
Avtozagruzka[Start UP – Avtoyuklash];
Provodnik[Windows Explorer - Yo`l boshlovchi];
Seans MSDOS[MSDOS - MSDOS bilan muloqot]
Microsoft Exchange - amaliy dasturlar majmuasi va boshqalar.
Standarti punktiga yangi dasturlarni ham qo`shish mumkin. Standart dasturlar qatoriga Windowsni yuklashda tanlab olingan amaliy dasturlar kiradi. Agar Windowsni o`rnatish jarayonida kommunikatsion dasturlar kiritilgan bo`lsa, u holda dasturlar menysida Microsoft Exchange komandasi bo`lishi kerak.
Dokumenti [Documents – Hujjatlar] punkti Windowsda tahrirlanayotgan hujjatlar ro`yxatini (oxirgi 15 ta) ko`rsatuvchi menyni yuklab beradi. Windows  dastlab o`rnatilgan bo`lsa, bu bandda faqat «Prochti menya» (Meni o`qi-Read me) punkti bo`ladi xolos.
Nastroyka [Settings – Sozlash] punkti tizimdagi hamma komponentlar ro`yxatini va kerak bo`lganda ularni qayta sozlash imkoniyatini beradi. Uning qism menysida  quyidagi bandlar bor (7.5-rasm):
– Panel upravleniya (Boshqarish paneli) papkasi;
– Printeri (Printerlar);
Panel zadach (Masalalar paneli).
Poisk [Find-Qidirish] punkti papkalarni, fayllarni, server kompyuteri yoki E-Mail ma'lumotlarini qidirish imkonini beradi.
Spravka [Help-Ma'lumot]- ma'lumotlar tizimini chaqirishni amalga oshiradi. Axborot olish uchun ma'lumot tizimining bayonidan (Soderjaniye) yoki mavzular (Predmet) ko`rsatkichidan foydalanish mumkin. Bu tizim Windowsning imkoniyatlari va unda ishlash bo`yicha to`liq axborot beradi. Ma'lumot ixtiyoriy dastur.
Vipolnit[Run-Bajarmoq] buyrug`i dasturlarni ishga tushiradi va papkalarni ochadi, MS DOS buyrug`larining bajarilishini ta'minlaydi. Bu buyrug`ning muloqot oynasida Obzor... tugmasi bor bo`lib, uning yordamida dasturlar tanlanib, buyrug`lar qatorida dasturning to`liq nomi hosil qilinadi. Buyrug`ni ishga tushurish uchun OK tugmasi, bekor qilish uchun esa Otmena tugmalari bosiladi.
Zaversheniye raboti[Shut down - Windows ishini tugallash].
Windowsdan chiqish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
– Masalalar panelining chap burchagiga joylashgan Pusk tugmasi bosiladi.
Ochilgan menydan Zaversheniye raboti - Ishni tugallash buyrug`i tanlanadi
Ushbu  muloqot oynasida Viklyuchit kompyuter (Kompyuterni o`chirish) catrini belgilaymiz. Da (Ha) tugmasida sichqonchani bitta bosib,  va teper mojno viklyuchit kompyuter - endi kompyuterni o`chirish mumkin so`zlari chiqqandan keyingina kompyuterni o`chirish mumkin. Aks holda Windowsdan noto`g`ri chiqilgan bo`ladi va natijada turli noxushliklar paydo bo`lishi mumkin.
Kontekst meny
Kontekst meny oynaning ixtiyoriy joyida sichqonning o`ng tugmasini bosish yordamida ochiladi. Bu meny bandlari qaysi element ajratilgani, qanday operatsiya bajarilayotgani va shu kabi holatlarga bog`liq holda o`zgaradi. Misol uchun agar Word matnlarni tahrirlash dasturida biror so`zni ajratib, sichqonchaning o`ng tugmasiga bosilsa, nusxa olish, ko`chirish, qirqish operatsiyalarini yoki o`sha so`zni formatlashtirish operatsiyalarini (shriftni, abzatsni formatlashtirish buyrug`larini) tanlash mumkin bo`lgan meny paydo bo`ladi. Shunday qilib, sichqonchaning o`ng tugmasini bosgach, siz o`sha onda ajratilgan element bilan bo`ladigan ehtimoli ko`proq operatsiyalar nomlarini o`z ichiga olgan menyga  kirishingiz mumkin. Odatda, Windowsning an'anaviy tizimli menysidan foydalanishga qaraganda, kontekst  meny yordami bilan buyrug`larni bajarish qulayroqdir.
Windows ni va uning texnik vositalarini sozlash
Windowsdagi sozlash funksiyalarining ko`pchiligi asosiy menyning Nastroyka [Settings - Sozlash] bandidagi qism menyda jamlangandir. Nastroyka bandining qism menysida quyidagi uchta buyrug` bor:
Panel upravleniya [Control Panel - Boshqarish paneli] - shu nomdagi tizim papkasining oynasi ochiladi. Bu oynada kompyuter qurilmalarining va operatsion tizimning turli qismlarining piktogrammalari bor;
Printer [Printers - Printerlar]- tizimga ulangan har bir printerni sozlash imkonini beruvchi  tizim papkasining oynasi ochiladi;
Panel zadach [Taskbar - Masalalar paneli] - bu buyrug` yordamida tizimning asosiy menysi va masalalar panelini sozlash mumkin.
Data/vremya [Date/Time – Sana/vaqt]- bu piktogramma tizim vaqti va sanasini o`zgartirish imkonini beruvchi muloqot oynasini ochish uchun xizmat qiladi;
Zvuk [Sounds – Tovush]-Windows  muhitida ishlash vaqtidagi ro`y beradigan hodisalarga tovush berish sxemasini tanlash imkonini beruvchi muloqot oynasini ochadi;
Klaviatura [Keyboard –klaviatura]ni sozlash uchun muloqot oynasi ochiladi;
Modemi [Modems – Modemlar] - modemlarni sozlash uchun muloqot oynasi ochiladi;
Multimedia [Multimedia – Multimedia]ning texnik va dasturli vositalarini sozlash imkonini beruvchi muloqot oynasini ochish uchun xizmat qiladi;
Mish [Mouse  - Sichqoncha]- sichqonchani sozlash uchun muloqot oynasini ochadi;
Pochtovoy Obslujivaniye Microsoft Mail [Microsoft Mail Postoffice - Microsoft Mail aloqa xizmati]ning administratori funksiyasini bajaradi;
Paroli [Passwords  - Parollar] ruxsatsiz foydalanuvchilardan tizimni himoya qilish uchun parol o`rnatish imkonini beruvchi muloqot oynasini ochadi;
Poisk faylov [Find Fast-Fayllarni izlash]-ekranda ochilgan muloqot oynasida Microsoft Offise dasturlarining ixtiyoriy hujjatlarini tez izlab topish uchun indekslar yaratiladi;
Pochta i faks [Mail and Fax -Pochta va faks]-ochilgan muloqot oynasida pochta va faks xizmatlarini sozlash mumkin;
Printeri [Printers–Printerlar]-printerlar tizim papkasi uchun yorliq vazifasini bajaradi;
Set [Network-Tarmoq]- tarmoq vositalarini sozlovchi muloqot oynasini ochish uchun xizmat qiladi;
Sistema [System-Tizim]-ochilgan muloqot oynasida kompyuter ishining samaradorligiga ta'sir etuvchi umumtizim sozlashlarini bajarish mumkin;
Spetsialnie vozmojnosti [Accessibility Options]-Maxsus imkoniyatlar]-tizimning maxsus imkoniyatlarini faollashtirish imkonini beruvchi muloqot oynasini ochish uchun xizmat qiladi;
Ustanovka i udaleniye programm [Add/Remove Programs -dasturlarni o`rnatish va o`chirish] - Windowsda o`rnatilgan komponentlarini o`zgartirish, tizim diskini hosil qilish imkonini beruvchi muloqot oynasini ochish uchun xizmat qiladi;
Ustanovka oborudovaniya [Add New Hardware-qurilmalarni o`rnatish] - kompyuterga yangi texnik qurilmalarni o`rnatish vaqtida zarur bo`ladigan sozlash funksiyalarini amalga oshiruvchi usta dastur (master)ni ishga tushiradi;
Shrifti [Fonts-Shriftlar]-shriftlarni boshqaruvchi, Shriftlar tizim papkasi uchun yorliq vazifasini bajaradi;
Ekran [Display] - ish stolining ko`rinishini o`zgartirish videotizimni sozlash uchun muloqot oynasini ochish imkonini beradi;
Yazik i standarti [Regional Settings-Til va standartlar]-milliy kelishuvlarni tanlash imkonini beruvchi muloqot oynasini ochish uchun xizmat qiladi.
Masalalar panelini sozlash
Masalalar panelining parametrlarini o`zgartirish uchun bosh menydagi Nastroyka [Panel zadach-Sozlash] Masalalar paneli buyrug`ini ishga tushiriladi. Bu holda ekranda Svoystva: Panel zadach muloqot oynasi ochiladi (7.8-rasm).
Bu muloqot oynasining Parametri paneli zadach (Masalalar paneli parametrlari) sahifasidagi masalalar panelining xususiyatlarini o`zgartiruvchi holatlardan keraklisini o`rnatishimiz mumkin:
- Raspolojit poverx vsex okon (Barcha oynalarning ustida joylashtirish) holati o`rnatilganda, masalalar paneli har doim ochilgan oynalarning  ustida ko`rinib turadi;
- Avtomaticheski ubrat s ekrana (Ekrandan avtomatik holda olib tashlash) holati o`rnatilganda masalalar paneli ingichka chiziq ko`rinishini oladi. Bu holda masalalar panelini ochish uchun sichqoncha ko`rsatkichini shu chiziq ustiga olib borish kifoya;
- Melkiye znachki v glavnom meny (Asosiy menyda kichik belgilar) holati o`rnatilganda asosiy menydagi belgilar kichraytirib ko`rsatiladi;
Otobrajat chasi (Soatni aks ettirish) holati masalalar panelida soat indikatorini ko`rsatadi.
Ish stoli fon vazifasini bajaruvchi biror rasm bilan qoplangan bo`ladi. Bu rasmni almashtirish uchun quyidagi ishlar bajarilishi kerak:
- ish stoli fonining kontekst menysidan Svoystva (Xususiyatlar) buyrug`ini ishga tushirish yoki Panel upravleniya [Control Panel -Boshqarish paneli] papkasidagi Ekran obyektining oynasini ochish kerak;
- Ochilgan muloqot oynasining Fon sahifasiga o`tamiz (Fonning rasmi sifatida tasvirni (muloqot oynasining Fonoviy uzor (Fonning tasviri) sohasi yoki oboy (bezaklar)ni (muloqot oynasining Risunok (Rasm) sohasi) tanlash mumkin;
- OK yoki Primenit (Qo`llash) tugmasini bosamiz.
Oboy har doim fon tasvirining ustidan yopib turadi. Shuning uchun ham oboyni o`rnatgan vaqtda Fonoviy uzor (Fon tasviri) sohasidagi (net) (yo`q) elementini tanlashga hojat yo`q.
Odatda oboylar tasvirdan ko`ra chiroyliroq ko`rinadi. Lekin shuni esda tutish kerakki, Windows  ishlashi davomida bu rasmlar operativ xotirada joy egallab turadi. Rasm qancha sifatli va katta bo`lsa, unga shuncha ko`p xotira kerak bo`ladi.
   Monitor ekranining pauzasi
Odatda kompyuterda vaqtincha ishlamaganda uni o`chirish tavsiya qilinmaydi. Bu vaqtda monitor ekrani ma'lum vaqtdan so`ng o`zi o`chib, ekranda biror bir rasm yoki harakatdagi tasvir paydo bo`ladi. Bu tasvir ekran zastavkasi deb ataladi. Monitor ekranining o`chish xususiyatlarini Svoystva: Ekran (Ekran xususiyatlari) muloqot oynasining Bu sahifa ochilgandan so`ng quyidagi ishlarni bajarish kerak:
– Oynaning Zastavka sohasida o`zingizga yoqqan tasvirni tanlash kerak;
– Parametri buyrug` tugmasini bosib, zastavka parametrlari o`rnatiladi;
– kompyuter ishsiz turgan holatda ekranning o`chishigacha bo`lgan vaqt o`rnatiladi;
– OK yoki  Primenit tugmasi bosiladi.
Agar monitor ekranining pauzasi vaqtida boshqa foydalanuvchining kompyuterda ishlashini xohlamasangiz ekran zastavkasini o`chirishga parol qo`yishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi:
1) Zastavka [Screen Saver-Zastavka] sahifasida Parol [Password Protected-Parol] satrida sichqoncha bir marta bosiladi;
2) Smenit  [Change-Almashtirish] buyrug` tugmasi bosiladi
3) ochilgan Izmeneniye parolya muloqot oynasida
– Noviy parol [ New password-Yangi parol] maydonida parol kiritiladi;
– Podtverjdeniye [Confirm new password-Yangi parolni ta'kidlash] maydonida yangi parol qaytadan kiritiladi. Parolning har bir belgisi monitor ekranida yulduzcha «**» ko`rinishida akslanadi;
OK tugmasi bosiladi;
4) parolning muvaffaqiyatli o`rnatilishi haqida belgi beruvchi muloqot oynasida OK tugmasi bosiladi.
Endi, ekran zastavkasini o`chirish vaqtida o`rnatilgan parolni so`rovchi muloqot oynasi ochiladi. Bu oynada parol kiritilib, OK tugmasi bosiladi.
Bu himoyani Svoystva/Paroli[Passwords Properties -Parolning xususiyatlari] muloqot oynasining Smena paroley[Change Passwords-parolni almashtirish] sahifasida ham o`rnatish mumkin.
Parolni bekor qilish uchun yangi parol sifatida bo`sh parol (bo`sh joy) kiritiladi. Shuni ham aytish kerakki, bo`sh parolni faqat bir marta kiritish mumkin.
Ish stolida Yorliq tashkil qilish
Windows muhitida diskda yana bitta obyekt - yorliqlar hosil qilish imkoniyati ham mavjud. Yorliq (shortcut) maxsus fayl bo`lib, o`zida boshqa fayl, katalog yoki tashqi qurilmaga yo`l (yo`nalish) haqidagi ma'lumotlarni saqlaydi.
Ko`p ishlatiladigan dasturlarga murojaat qilishni yorliqlar orqali amalga oshirish mumkin. Ko`p hollarda murojaat qilishga to`g`ri keladigan hujjat, tashqi qurilma (masalan, printer) uchun ham yorliq tashkil qilish maqsadga muvofiq. Shundan so`ng, bu hujjatni ochish uchun uning yorlig`ida sichqoncha tugmasini 2 marta bosilsa kifoya. Yorliq faqat hujjatlar uchungina emas, balki ixtiyoriy obyektlar, xususan papkalar, disklar boshqa kompyuter va printerlar uchun ham tashkil qilinishi mumkin. Yorliqni faqat ish stoliga emas, balki ixtiyoriy papka ichiga joylashtirish foydalanuvchi ixtiyorida bo`ladi. Yorliq hosil qilish hujjatning nusxasini olish degani emas. Ixtiyoriy yorliq ko`pi bilan 374 bayt joy egallashi mumkin. Shuning uchun ham bitta obyekt uchun xohlagancha yorliq hosil qilish mumkin. Yorliqlar fayllar kabi nomlanadi va LNK (Link-svyaz-aloqa so`zidan olingan) kengaytmasiga ega bo`ladi. Yorliqni o`chirish - bu hujjatni yo`qotish degani emas.
Yorliq uchun yorliq hosil qilish man qilinmaydi, lekin bu holda ikkilamchi yorliq ham birlamchi yorliq kabi asosiy obyektga yo`l haqidagi ma'lumotlarni saqlab, birlamchi yorliqning nusxasi vazifasini bajaradi. Yorliqlar piktogrammasi  asosiy obyekt piktogrammasi bilan bir xil bo`lib, faqat piktogrammaning quyi burchagidagi egri strelka mavjudligi bilan farqlanadi.
Ish stolida yorliq tashkil qilish uchun Moy kompyuter yoki Provodnik yordamida kerakli obyektlar tanlab olinadi. Sichqonchaning o`ng tugmasi bilan shu obyektni belgilab, uni qo`yib yubormagan holda ish stoliga surib o`tkaziladi. So`ng tugma qo`yib yuboriladi. Ekranda ochilgan kontekst menydan Sozdaniye yarlika
Programmalarni avtomatik ishga tushirish
Biror-bir dastur yoki hujjatning ishlashini tezlashtirish uchun uning yorlig`ini Avtozagruzka papkasiga joylab, keyin Windowsni ishga tushirish kerak. Agar siz dasturni  Provodnik orqali ishga tushirishni xohlasangiz, kerakli dasturni toping va o`ng tugma bilan aktivlashtiring. Windowsni yuklash paytida uning oynasida shu dastur avtomatik paydo bo`ladi. Bu dasturlar tez-tez ishlatilib turiladigan bo`lsa, shu usul bilan uni ishlatishga qulaylik yaratiladi.
- Yorliqni Avtozagruzka papkasiga surib o`tkazing va sichqoncha tugmasini qo`yib yuboring. Dastur Avtozagruzka menysiga joylashadi va har gal Windowsni yuklash paytingizda shu dastur ham ishga tushadi.
- Dasturlarga kirishni tezlashtirish - dastur belgisining Moy kompyuter papkasidan yoki Provodnikdan Pusk tugmasidagi asosiy menyga surib o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Shunda asosiy meny tarkibiga u dasturni ishga tushirish uchun qo`shimcha buyrug` kiritiladi.
- Dasturni joylashtirish uchun Programmi menysidagi ixtiyoriy dasturni tanlab ochish mumkin, undan tashqari, bu menyda yangi papka hosil qilish mumkin.
- Biror dasturga kirishni mumkin qadar tezlashtirish uchun uning yorlig`ini ish stoliga joylashtirish kerak.
Kompyuter ishlash tezligini yaxshilash
Standartlar - Xizmatchi dasturlar menysi tarkibida diskni siqish Sjatiya diska [ Drive Space] dasturi mavjud. U dastur siqish hisobiga disk hajmini bir necha marta oshirish imkonini beradi. Diskni siqish dasturi ochilgandan so`ng oynada diskning dastlabki va siqilgandan so`nggi holatlari haqida axborot paydo bo`ladi
Fayllar bilan ishlash
Windowsda fayllar bilan ishlash uchun Provodnik va Moy kompyuter oynalaridan foydalaniladi
Provodnikni ishga tushirish uchun Pusk tugmasi bosiladi, ochilgan menydan «Dasturlar» deb yozilgan satr tanlanadi va ochilgan qism menydan Provodnik degan nomda sichqoncha bir marta bosiladi.
Shift tugmasini bosib turgan holda Moy kompyuterning belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosilsa ham Provodnikning oynasini ochish mumkin.
Provodnik oynasini ochishning yana bir usuli, Moy kompyuter belgisi ustida sichqonchaning o`ng tugmasi bosiladi. Ochilgan kontekst menydan Provodnik nomi tanlanadi.
Moy kompyuter oynasini ochish uchun uning belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosish kerak.
Bu oynalarda sarlavha qismining tagidagi qator meny qatori hisoblanadi. Uning tagidagi qatorda esa «asboblar paneli» qatori  joylashgan. Agar asboblar paneli ekranda ko`rinmasa, uni Vid (Ko`rinish) menysining Panel instrumentov (Asboblar paneli) buyrug`ini tanlash yo`li bilan ekranga chiqarish mumkin.
Boshqa qurilmani tanlash uchun oynadagi shu qurilma belgisi, boshqa papkaga o`tish uchun shu papka belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosish kerak.
Fayllar guruhini ajratish
Papkadagi hamma fayllarni ajratish uchun Pravka (Tahrirlash) menysining Videlit vse (Hammasini ajratish) buyrug`ini tanlash kerak. Buning uchun Ctrl+A tugmalar birikmasini ham ishlatish mumkin.
Ketma-ket joylashgan fayllar guruhini ajratish uchun, oldin birinchi fayl ajratiladi, keyin Shift tugmasini bosgan holda oxirgi fayl ajratiladi.
Alohida fayllarni ajratish uchun Ctrl klavishasini bosib turgan holda ayrim fayllarning nomlari ustida ketma-ket sichqoncha tugmasini bosish kerak.
Fayllarni ko`chirish va nusxasini olish
Ko`chirish va nusxa olish fayllar bilan ishlash vaqtida eng ko`p ishlatiladigan amallardir. Fayldan nusxa olish vaqtida asl nusxa eski joyida saqlanib qoladi va yangi joyga faylning nusxasi ko`chiriladi. Ko`chirish vaqtida esa asl nusxa joyidan o`chiriladi va ko`rsatilgan joyga uning nusxasi ko`chiriladi.
Fayllarni ko`chirish va nusxasini olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
– Nusxasi olinadigan va ko`chiriladigan faylni ajratish;
– Oynadagi Asboblar panelidan nusxa olish uchun «Buferga nusxasini ko`chirish» (Copy) asbobini, ko`chirish uchun esa Virezat/Cut-Buferga ko`chirish asbobini tanlash;
– Fayl nusxasi joylashtiriladigan qurilma yoki papkani tanlash;
– «Asboblar paneli»dan «Buferdan olib qo`yish» (Paste) asbobini tanlash.
Fayl nusxasini olishning yoki ko`chirishning boshqa usullari ham bor.
– Fayl nomida sichqoncha bir marta bosiladi va Fayl menysining Otpravit- Jo`natish buyrug`i tanlanadi. Ochilgan qism menydan qayerga jo`natish kerakligi ko`rsatiladi.
– Fayl nomida sichqonchaning o`ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekst menydan Otpravit-Jo`natish buyrug`i tanlanadi. Ochilgan qism menydan qayerga jo`natish kerakligi ko`rsatiladi.
– Faylni sichqoncha yordamida ham ko`chirish mumkin. Bu usul Drag and drop - surish va qo`yib yuborish deb nomlanadi. Buning uchun tanlab olingan fayl nomi ustiga ko`rsatkichni olib borib, sichqoncha tugmasi bosiladi va kerakli joyga suriladi, so`ngra sichqoncha tugmasi qo`yib yuboriladi.
– Yuqoridagi usul bilan nusxa olish uchun surish vaqtida sichqonchaning o`ng tugmasi ham birga bosiladi. Tugmalarni qo`yib yuborgan vaqtda kontekst meny paydo bo`ladi. Menyning Kopirovat-Nusxa olish buyrug`i tanlanadi.
Fayl nomini o`zgartirish
Moy kompyuter yoki Provodnik oynalarida quyidagilarni bajarish kerak:
– Nomi o`zgartiriladigan fayl yoki papka tanlanadi.
– Fayl nomi yoki papka nomi ustida sichqoncha tugmasi  bir marta bosiladi.
– Yangi nom klaviatura yordamida kiritiladi.
– Enter bosiladi.
Ish stolidagi belgining nomini o`zgartirish uchun, oldin shu belgi tanlanadi, keyin uning nomi ustida sichqoncha bosiladi va yangi nom kiritiladi.
Fayllarni yo`qotish
Windowsda yo`qotilgan fayl ish stolidagi Korzina nomli papkaga ko`chiriladi Korzina bo`shatilmaguncha yo`qotilgan fayllar unda saqlanib turadi. Shu sababli bexosdan yo`qotilgan fayl yana qayta tiklanishi mumkin.
Fayl yoki fayllar guruhini yo`qotish uchun yo`qotiladigan fayllar ajratiladi.
Klaviaturadan Delete tugmasini bosiladi yoki Fayl menysining Udalit - Yo`qotish buyrug`i tanlanadi, yoki asboblar panelidagi Buferga ko`chirish asbobi bosiladi. Ekranda chiqarilgan so`rovga qilayotgan ishingizni tasdiqlash uchun Da (Ha) tugmasini bosib javob beriladi.
Korzinani bo`shatish uchun ish stolida Korzina belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosiladi. Ekranda Korzina oynasi ochiladi.
Fayl menysining Ochistit korzinu -Korzinani bo`shatish buyrug`i tanlanadi. Bajarilgan ish tasdiqlanadi. Agar Korzina ichidagi hujjatlar  qoniqtirmasa uni to`g`ridan-to`g`ri bo`shatish ham mumkin. Buning uchun Korzina belgisi ustida sichqonchaning o`ng tugmasi bosiladi. Ochilgan kontekst menydan Ochistit korzinu -Korzinani bo`shatish buyrug`i tanlanadi.
Yo`qotilgan fayllarni qayta tiklash uchun:
– Ish stolidagi Korzina belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosiladi.  Ekranda  Korzina oynasi ochiladi.
– Oynadagi yo`qotilgan fayllar ro`yxatidan keraklisini topib, uni ajratish kerak.
– Fayl menysidan Vosstanovit -Qayta tiklash buyrug`i tanlanadi. Buning o`rniga fayl nomida sichqonchaning o`ng tugmasini ham bosish mumkin. Ochilgan kontekst menydan Vosstanovit - Qayta tiklash buyrug`i tanlanadi.
Fayllar haqida ma'lumotni ko`rish
Moy kompyuter yoki Provodnik oynalarida papkadagi fayllar haqida ma'lumotni ko`rish uchun «Asboblar paneli»dagi Tablitsa (Jadval) asbobidan foydalanish kerak. Fayl haqidagi to`liq ma'lumotda uning o`lchami, tipi, yozilgan kuni va vaqti ko`rsatiladi. Ro`yxatdagi fayllar hech narsa deyilmagan holda alfavit bo`yicha tartiblanib yoziladi. Tartiblashning boshqa ko`rinishlarini o`rnatish uchun Vid (Ko`rinish) menysining Uporyadochit znachki - Belgilarni tartiblash buyrug`idan foydalanish kerak.
Fayllarni izlash
Windowsda faylni izlash uchun uning nomidagi bir nechta simvolni kiritish kifoya. Nomida shu simvollar bor bo`lgan barcha fayllar ro`yxati ekranga chiqariladi. Bundan tashqari, agar shu fayl nomini unutgan bo`lsangiz-u, lekin uni qachon yozilganini bilsangiz, faylni yozilgan kuniga ko`ra qidirishingiz mumkin.
Faylni izlash uchun:
1. Ish stolida Pusk tugmasini bosib, ochilgan menydan Poisk (Izlash) buyrug`ini tanlang.
2. Ochilgan qism menydan Fayli i papki-Fayllar va papkalar satrini tanlang. Ekranda Poisk: Vse fayli-Izlash muloqot oynasi ochiladi
3. Muloqot oynasining Imya - Fayl nomi maydonida fayl nomini yoki uning bir qismini kiriting.
4. Papka maydonida kerakli qurilma nomini tanlashingiz mumkin.
5. Fayl yozilgan kunni ko`rsatmoqchi bo`lsangiz oynadagi Data izmeneniya (o`zgartirish kiritilgan kun) qatorida sichqonchani bosing va qaysi kundan qaysi kungacha ekanligini ko`rsating.
Oxirida Nayti-Izlash klavishasida sichqonchani bitta bosing. Izlash natijasi muloqot oynasining quyi qismida ko`rinadi.
Topilgan fayllar ro`yxatidan kerakli faylni ochish uchun uning belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosish kerak. Agar fayllarni tipiga ko`ra, o`lchamiga yoki unda yozilgan matniga ko`ra izlamoqchi bo`lsangiz, muloqot oynasida Dopolnitelno-Qo`shimcha yozuvi ustida sichqonchani bosing va kerakli parametrlarni kiriting.
Nayti (Izlash) muloqot oynasini Provodnikdagi Servis menysining «Nayti» (Izlash) buyrug`i yordamida ham ochish mumkin.
Katalog (papka) hosil qilish
Windowsda kataloglar papkalar deb ataladi. Yangi papka hosil qilish uchun Moy kompyuter yoki Provodnik oynalaridan foydalanib quyidagi ishlarni bajaramiz:
– Yangi papka hosil qilmoqchi bo`lgan qurilmaga yoki papkaga o`ting.
– Fayl menysining Sozdat-Yaratish buyrug`ini tanlang.
– Ochilgan qism menydan Papka qatorini tanlang. Ekranda yangi papka belgisi paydo bo`ladi.
– Papkaga nom bering.
Agar papkani yanglishib boshqa joyda yaratgan bo`lsangiz, uni Provodnik yordamida kerakli joyga ko`chirishingiz mumkin.
Hujjatni ochish va saqlash
Windowsda hujjatni ochishning bir necha xil usulli bor. Siz quyidagilarning birontasidan foydalanishingiz mumkin:
– Moy kompyuter yoki Provodnik oynasida hujjat nomi oldidagi belgi ustida sichqonchani ikki marta bosing.
– Pusk klavishasini bosib, ochilgan menydan Dokumenti-Hujjatlar qatorini tanlang. Uning qism menysida oxirgi ishlatilgan 15ta hujjat nomlarining ro`yxati beriladi. Kerakli hujjat nomida sichqoncha tugmasi bosiladi.
– Windows muhitida ishlovchi ixtiyoriy programma oynasida Fayl menysining Otkrit -Ochish buyrug`ini ishga tushiring (7.20-rasm).
– Ba'zi dasturlarning Fayl menysida oxirgi foydalanilgan bir nechta hujjat ro`yxati beriladi. Shulardan keraklisini tanlashingiz mumkin.
Nayti - Izlash muloqot oynasida fayl nomining belgisida sichqonchani ikki marta bosing.
Hujjatni saqlash uchun Fayl menysining Soxranit kak kabi saqlash buyrug`ini tanlash kerak. Ochilgan muloqot oynasida hujjat saqlanishi kerak bo`lgan qurilma va papka ochiluvchi ro`yxatdan tanlanadi. Windows  faylning uzun nomlarini ham qabul qiladi. Fayl nomining uzunligi 255 ta simvolgacha bo`lishi mumkin. hamma parametrlar o`rnatilgandan so`ng oynadagi Soxranit-Saqlash tugmasi bosiladi (7.21-rasm).
WINDOWS ning ma'lumotnomali tizimi.
Windows amaliyot tizimi o`z tarkibida mukammal ma'lumotnomali tizimga ega. Bu tizim Windows tizimidagi mavjud ish holatlari va unda  ishlash haqida istalgan vaqtda kerakli ma'lumotlarni olishga yordam beradi.
Windowsning ma'lumotnoma tizimini chaqirish uchun Pusk(Start) tugmasini bosiladi va asosiy tavsiyanomaning Spravka (Help) bo`limi tanlanadi. Bunda ekranda 7.22-rasm ko`rinishdagi oyna paydo bo`ladi:
Bu oynada bir nechta bo`limlar mavjud:
- «Soderjaniye» [Contents – mazmuni];
- «Predmetniy ukazatel» [Index –ko`rsatkich];
- «Poisk» [Find – izlash].
«Mazmuni» bo`limi o`z nomi bilan ma'lumotnomaning mundarijasini aks ettiradi, masalan, WINDOWS – 98 tizimida bu bo`lim quyidagi mundarijaga ega (7.22-rasm):
-WINDOWS-98 ga kirish;
-Kompyuter bilan tanishish;
- INTERNET bilan tanishish;
- Windowsning standart dasturlari;
- Bosib chiqarish;
- Qurilmalar va dasturiy ta'minot;
- Tarmoqqa ulanish;
- Maxsus imkoniyatlar;
- «Ishga tushayotib» qo`llanmasi;
- Nosozliklarni yo`qotish.
Bu bo`limlarning biridan yordam olish uchun sichqoncha kerakli bo`lim ustiga o`rnatiladi va sichqonchaning chap tugmasini bosish bilan tanlanadi, shundan so`ng mundarijada tanlangan bo`limning bo`lim ostilari ro`yhati chiqadi. Bo`lim ostilari ro`yhatidan kerakli bo`lim tanlanganda, ekranning chap tarafida shu bo`limga tegishli axborotlar ekranda paydo bo`ladi. Masalan, «Standart programmalar» bo`limidan Paint bo`limi tanlanganda, ekranda Paint grafik muharriri haqida ma'lumotlar chiqariladi
Ukazatel (ko`rsatkich) – bo`limi axborotni ma'lum «ko`rsatkich» - mavzu asosida olishni amalga oshiradi, masalan, bu bo`limga kirilganda quyidagi oyna paydo bo`ladi Bu bo`lim ekrani ikkita qismdan iborat:
-qidirilayotgan so`zni (mavzuning) yoki bir nechta harfini kiritish taklifi;
-axborot berilishi mumkin bo`lgan mazmunlar ro`yhati.
Masalan, kopirovaniye (nusxa olish) mavzusi tanlanib, bu oynadagi vivesti tugmasi bosilsa, ekranda yana bir oynada nusxa olish qanday amalga oshirilishi to`g`risida ma'lumotlar beriladi
Poisk –(«Izlash») bo`limi yordamida foydalanuvchining hohishi bilan biron bir bo`lim yoki mavzu bo`yicha ma'lumotlar olish mumkin.

Bu oynadagi Vvedite klyuchevoye slovo («Kalit so`zni kiriting») qatorida qiziqtirayotgan mavzu bo`yicha asosiy kalit so`zi foydalanuvchi tomonidan kiritiladi va Spisok razdelov («Bo`limlar ro`yhati») tugmasi bosiladi. Bunda ma'lum oynada shu mavzu bo`yicha berilishi mumkin bo`lgan ma'lumotli bo`limlar ro`yhati chiqadi. Bular ichidan ixtiyoriy bo`lim tanlanadi.
Bundan tashqari Windows ilovalari ham o`z ma'lumotnoma tizimiga ega. Agarda sizda ma'lum bir dasturiy ilova bilan ishlash jaryonida qandaydir amallarni bajarishda qiyinchilik paydo bo`lsa, F1 funksional klavishasini bosishingiz mumkin. Bunda ekranda joriy ish holatiga tegishli konteks ma'lumotlar chiqariladi.
Bu oynada bir nechta bo`limlar mavjud. Ulardan yordam olish uchun sichqoncha yordamida kerakli bo`lim tanlanadi. Masalan, Sm. polniy spisok razdelov spravki
Ro`yhatdan yana kerakli bo`lim tanlanadi va unga tegishli ma'lumotlar otkrit tugmasi yordamida chiqariladi, ma'lumotlar bosmaga chiqarilishi kerak bo`lsa Pechat tugmasi tanlanadi. Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, har bir bo`lim yana o`zining bo`limlari ro`yhatiga ega.
Tovushli fayllarni o`zgartirish
Sound Recorder dasturi tovushli fayllarni tahrirlash, ularga nisbatan maxsus effektlarni qo`llash va nihoyat, parametrlarni o`zgartirish imkoniyatini yaratadi. Bu amallarni bajarish uchun mo`ljallangan buyrug`lar menyning Fayl (File), Pravka (Edit) va Effekti (Effects) bandlariga kiritilgan.
Tovushli fayl bilan ishlash uchun uni ochamiz. Bu amal odatdagi usul bilan bajariladi. Endigina yozilgan fayl ham ochilgan deb hisoblanadi. Bajarilgan o`zgartirishlar yo`qolmasligi uchun ularni Soxranit (Save) yoki Soxranit kak (Save as) buyrug`lari bilan saqlab qo`yish lozim.
Menyning Pravka (Edit) bandidagi buyrug`lar tovushli faylda quyidagi tuzatish amallarini bajarish imkonini beradi:
Vstavit (Paste Insert)-(klaviaturadagi muqobil tugmalar Ctrl+V) ochilgan tovushli faylga ma'lumot almashish buferidagi yozuvlarni joylashtirish;
Smeshat buferom (Paste Mix)-ochilgan fayl ustiga ma'lumot almashish buferidagi yozuvlarni yozish. Natijada audioma'lumotlarning aralashuvi hosil bo`ladi;
Vstavit fayl (Insert file)-ochilgan faylga boshqa faylni joylash;
Smeshat s faylom (Mix with file)-ochilgan faylni boshqa fayl bilan aralashtirib yuborish;
Udalit do tekushey pozitsii (Delete Before current Position) - ko`rsatilgan pozitsiyaga qadar ochilgan faylning qismini yo`qotish;
Udalit posle tekushey pozitsii (Delete After current Position) - ko`rsatilgan pozitsiyadan keyingi fayl qismini yo`qotish.
Ishlatilgan buyrug`dan qat'iy nazar joylashtirish joriy pozitsiyada sodir bo`ladi. Aralashtirish ham pozitsiyadan quyi qismda sodir etiladi.
Joriy pozitsiyani ajratib, Zapis (Record) tugmasini bosish bilan tovushli faylning kerakli qismini ixtiyoriy tovush manbaidagi audioma'lumotlarga almashtirish mumkin.
Menyning Effekti (Effects) bandida tovushli faylga nisbatan qo`llaniladigan bir qator maxsus effektlar bo`yicha buyrug`lar jamlangan:
Increase Volume (25%) - tovush quvvatini (25%) oshirish;
Decrease Volume (25%) - tovush quvvatini (25%) kamaytirish;
Increase Sheed (lg 100%) - ifodasi tezligini ikki barobar oshirish;
Decrease Volume - ifodalash tezligini ikki barobar kamaytirish;
Add Echo (Exo) - aks sado effektini qo`shish;
Revers - tovushli faylni qayta yo`naltirish.
(File) bandidagi Svoystva (Properties) buyrug`idan foydalanish mumkin. Bu almashtirishni tovushli faylni yozishdan avval bajarilgani kabi amalga oshiriladi.
Ixtiyoriy tovushli fayl maxsus bo`lsada, muayyan hujjatni o`z ichiga oladi va uni boshqa, masalan, matnli fayl bilan tutashtirish mumkin. Natijada matnli fayl tovushlar bilan to`ldiriladi. Bunday tutashtirishni hujjatlarni tovushlar bilan to`ldirish deb talqin qilishimiz tabiiy albatta. Agar mos hujjatning piktogrammasida sichqoncha tugmasi ikki marta bosilsa, mos tovushlar ifodalana boshlaydi. Tovushli to`ldirmalar bilan ishlash buyrug`lari dastlabki menyda joylashtiriladi. Xususan, agar sichqoncha bilan kerakli tovushlarni ifodalash ma'qul bo`lmasa, Vosproizvesti (Play) buyrug`idan foydalanish mumkin. Agar tovushli qism mos ravishda ajratilgan bo`lsa, Pravka/Obyekt (Edit/Object) buyrug`idan ham foydalanish mumkin.
Tovushli faylni muayyan matnli hujjat bilan tutashtirish, aniqrog`i, uning ichiga tovushli faylning nusxasini joylashtirish uchun Sounf Recorder dasturi vositasida audiofaylni ochamiz va menyning Pravka (Edit) bandidagi Kopirovat (Copy) buyrug`ini beramiz. Natijada tovushli fayl yozuvlari ma'lumot almashish buferiga joylashtiriladi va an'anaviy uslublardan foydalanib bu ma'lumotni hujjatga joylashtira olamiz.
Windows tarkibiga kiruvchi Media Player dasturi multimedia fayllarini ifodalovchi universal vosita rolini o`ynay oladi. Shu bois ham u Windowsning ruscha variantida Universalniy proigrivatel deb ataladi.
Bu dastur
MIDI fayllarni ifodalash;
videofayllarni ko`rish;
tovushli kompakt disklarni tiklash;
WAV fayllarni ifodalash imkonini beradi.
Dasturdan odatda birinchi va ikkinchi masalalarni yechishda foydalaniladi. Qolgan masalalarni yechish uchun yuqorida tavsiflangan CD Player va Sound Recorder dasturlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Media Player dasturini ishga tushirish uchun tizimning bosh menysidagi Programmi/standartnie/multimedia/ universalniy proigrivatel [Programs / Accessories/ Multimedia/MediaPlayer] buyrug`idan foydalanamiz.
Endi Media Player dasturi oynasini tavsiflaymiz. Oynadagi siljigich ochilgan multimedia fayl ichidagi holatni o`zgartirish imkonini beradi. Uning tagida o`lchash  tasmasi mavjud. Undagi ko`rsatkichlar birliklarini o`zgartirish menyning Shkala (Scale) bandidagi buyrug`lar bilan bajariladi.
Vremya (Time) - vaqt (minut va sekundlarda);
Kadri (Frames) - kadrlar nomerlari;
Zapisi (Tracks) - asarlar nomerlari.
o`lchov birliklarini o`zgartirish imkoniyatlari ochilgan faylga bog`liq.
Oynaning pastki qismida ma'nosi yuqoridagi tavsiflardan tushunarli bo`ladigan boshqarish tugmalari joylashgan. Pauza (Pause) tugmasi Vosproizvedeniye (Play) tugmasi bilan tutashtirilgan va bular vaziyatga ko`ra biri-birini almashtiradi. Sound Recorder dasturidagi kabi Stop (Stop) tugmasi sifatida Esc klavishi ishlatilishi mumkin.
Muayyan multimedia fayli ochilgach, Media Player dasturi oynasining sarlavhasida sichqoncha chap tugmasini ikki marta bossak, ekrandagi joy shakllanadi. Natijada ekranda eng zarur boshqaruv belgilari qoladi.
Menyning Ustroystvo (Device) bandidagi Gromkost (Volume) buyrug`i bilan tovushning baland-pastligi, muvozanati va tembri boshqariladi.
Media Player dasturi rejimlarini sozlash muloqot oynasidagi ikki bayroqcha bilan amalga oshiriladi. Bu oyna o`z vaqtida menyning Edit (Pravka) bandidagi Options (Parametri) buyrug`i bilan ochiladi va quyidagi ko`rinishlarga ega:
Avtoperemotka (Auto Revinel) - multimedia fayli oxirigacha ifodalansin, so`ng avtomatik tarzda qayta g`altaklab qo`yilsin.
Avtopovtor (Auto Repeat) - multimedia fayli uzluksiz tarzda maxsus ko`rsatma bo`lmaguncha, qayta ifodalanaversin.
Bu muloqot oynasining qolgan bandlari multimedia ma'lumotlarini boshqa hujjatlarga uzatishga taalluqli.
Tovushli fayllarni ifodalash
- Ustroystvo (Device) menysida Sekvenser (Sequencer) buyrug`i beriladi;
- Ochilgan muloqot oynasida kerakli faylni tanlab, Otkrit (Open) buyrug`i bajariladi;
- Vosproizvedeniye (Play) tugmasi bosiladi.
MIDI faylini ochish menyning  Fayl (File) bandidagi Otkrit (Open) buyrug`i bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Farqi, Otkritiye fayla (Open) muloqot oynasida MIDI Sekvenver (Sequencer) buyrug`i bilan ochiladi. Tanlangan fayllar tipini belgilash uchun Tip faylov (Files of Type) buyrug`iga murojaat qilish kerak.
MIDI faylini ishga tushirish uchun sichqoncha tugmasi bilan uning piktogrammasini ikki marta bosish mumkin. Buning uchun avval mos papkani ochish lozim.
MIDI fayllarining ifodalanishini ta'minlaydigan vositalarni sozlashni Device (Ustroystvo) menysining Cvoystva (Properties) buyrug`i bilan ochiladigan Svoystva MIDI (MIDI Properties) muloqot oynasida bajarish mumkin. O`z vaqtida bu muloqot oynasi multimediaga mansub barcha imkoniyatlarni sozlash Svoystva multimedia (Multimedia Properties) umumiy muloqot oynasining bir qismini tashkil qiladi.
Video va audio fayllari bilan ishlash.
Videofayl o`zida bir qator statik rasmlarni mujassamlashtiruvchi oddiy multiplikatsiyadan farqli o`laroq, raqamlar shakliga o`tkazilgan muayyan shakllarni o`zida saqlovchi fayldir. Bu ikki tushunchalar orasidagi farq nisbiy bo`lib, avvalo kadrlarni hosil qilish uslublari bilan farq qiladi. Ma'lumki, multiplikatsiya yoki animatsiya tez ko`rsatilishi natijasida harakatning sun'iy tarzda tasavvurini hosil qiluvchi bir qator rasmlar to`plamini hosil qilishdan iborat. Real video esa videos'yomka ya'ni videokameraga real voqeani olishdan iborat. Windows videofayllarni tovush bilan tutashtirilgan maxsus formatini ifodalash vositalarini o`zida qamraydi.
Bunday formatdagi fayllar AVI fayllar deb ataladi va mos .AVI kengaytmasiga ega bo`ladi. AVI qisqartmasi (abbreviatura), ya'ni Audio-Video Interleared - audio bilan videoning birlashmasini anglatadi. Muqobil atama FVI Video for Windows.
Videofaylni ochish uchun an'anaviy menyning Fayl (File) bandida Otkrit (Open) buyrug`ini beramiz. Video o`z oynasida ochiladi va unda namoyish etiladi. Agar Media Player dasturi oynasining sarlavha satriga sichqoncha ko`rsatkichini olib borib ikki marta bosish bilan ikki marta kengaytirilsa, u videofayl oynasi bilan ustma-ust tushadi. Videofaylni ham mos papka ochilgandan keyin uning piktogrammasida sichqonchani ikki marta bosish bilan ko`rish mumkin. Bu holda birlamchi ijro Otkrit (Open) buyrug`iga emas, balki Vosproizvesti (Play) buyrug`iga belgilangan bo`ladi. Videofayl oynasi dasturning kengaytirilgan oynasi bilan ustma-ust tushadi.
Keltirilgan usullar bilan nafaqat videofayllar, balki Otkrit (Open) muloqot oynasidagi Tip fayla (Files of type) ro`yxatida kengaytmasi keltirilgan animatsion fayllarni ham ko`rish mumkin. Videofayl namoyish etiladigan oyna o`lchamlari menyning Ustroystva (Device) bandidagi Svoystva (Properties) buyrug`i bilan ochiladigan Svoystva video (Video Properties) muloqot oynasida o`rnatiladi. U multimedia vositalarini sozlash uchun ishlatiladigan Svoystva multimedia (Multimedia Properties) muloqot oynasining qismlaridan biri. Videofayllarni V okne (Window - oynada) yoki Full Vo ves ekran (Screen - to`liq oynada) rejimlarida ko`rish mumkin. Agar oynada rejimi tanlangan bo`lsa, uning o`lchamlarini Size buyrug`i bilan belgilash mumkin.
Tovushli kompakt disklar va WAV fayllar bilan ishlash imkoniyatlari
Dastur videofayllarini ifodalash va ko`rishdan tashqari, universal vosita sifatida audio kompakt disklarni ifodalash hamda tovushli fayllarni tinglash imkonini beradi.
Kompakt diskni ifodalash uchun menyning Ustroystvo (Device) bandidagi Audio kompakt disk (CD Audio) buyrug`ini tanlab Vosproizvedeniye (Play) tugmasini bosamiz. Ushbu natijaga menyning Fayl (File) bandidan Otkrit (Open) buyrug`ini berib, mos Otkrit (Open) muloqot oynasidagi  Tip fayla (Files of type) ro`yxatidan Audio kompakt disk (CD Audio) elementini tanlash bilan erishish mumkin. Shunday qilib, Media Player dasturi muhitida audio kompakt disk standart multimedia fayl tariqasida qaraladi.
Bu fayl ochilganidan so`ng menyning Ustroystvo (Device) bandidan Svoystva (Properties) buyrug`i orqali mos muloqot oynasini ochamiz va unda jamlovchilardan birini tanlab tovushning balandligini o`rnatamiz. O`z vaqtida WAV faylini ochish uchun esa menyning Ustroystvo (Device) bandidagi Zvuk (Sound) yoki Fayl (File) bandidagi Otkrit (Open) buyrug`ini tanlab Vosproizvedeniye (Play) tugmasini bosamiz.
Agar WAV fayli ochilgandan keyin menyning Ustroystvo (Device) bandidagi Svoystva (Properties) buyrug`ini tanlasak, mos muloqot oynasi ochiladi va unda videoma'lumotlarni saqlash va ifodalash uchun ajratilgan buferni qisman o`zgartirish mumkin.
Bufer hajmi bevosita sekundlardagi yozuvni ifodalash uzoqligi bilan beriladi. Bunday tahrirlashsiz buferning hajmi 4 sekundga teng. Tovushli fayllar bilan ishlash imkoniyatlari nuqtai nazaridan buferning o`lchovi qanchalik katta bo`lsa, foydalanuvchiga shuncha qulayliklar kiritilgan bo`ladi, aslida bu o`z vaqtida boshqa xotira hajmini kamaytiradi.
Diskni tekshirish (Scan Disk)
Scan Disk dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi, papkalar va asosiy diskdagi fayllarning xatoliklarini aniqlaydi. Bu programma Windowsdan noto`g`ri chiqqanda (Puskrabotikompyuter) o`z-o`zidan ishga tushadi.
Pusk/Programmi/Standartnie/Clujebnie programmi qism menysida Proverka diska (ScanDisk) bo`limi nomi sichqoncha bilan 2 marta bosilsa, ekranda dasturning muloqot oynasi hosil bo`ladi. Bu oynada tekshirilishi kerak bo`lgan disk nomlarini tanlash mexanizmi aks ettirilgan. Tekshirish ikki-Standart (Standartnaya) yoki to`laqonli (Polnaya) rejimda bajarilishi mumkin. Bu rejimlardan keraklisi va xatoliklarni avtomatik to`g`rilash (Ispravlyat oshibki avtomaticheski) holati tanlanib Zapusk tugmasi bosiladi.
Diskni Defragmentatsiya qilish (Defrag)
Ma'lum vaqt o`tgandan so`ng ko`pchilik fayllar fragmentlarga ajratiladi va ular diskning har xil bo`laklarida joylashib qoladi, bu esa faylni o`qish va saqlash ishlarini sekinlashtiradi. Fayllarni bir joyga to`plash va ularni siqish jarayoni defragmentatsiya deb yuritiladi va bu jarayon fayllarni yozish va o`qishni tezlashtirish imkonini beradi. Fayllarni defragmentatsiya qilish-Defragmentatsiya diska / Defrag dasturi yordamida amalga oshiriladi. Bu dastur ishlaganda, ekranda defragmentatsiya oynasi ochiladiva defragmentatsiya jarayoni qanday kechayotgani  protsentlarda ko`rsatilib turiladi.

 

Просмотров: 10669 | Добавил: shod | Рейтинг: 4.4/7 |
Всего комментариев: 1
1 farkhod  
0
Judkk

Имя *:
Email *:
Код *:
Copyright MyCorp © 2024